Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Navoiy shahar Yoshlar ishlari bo‘limining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navoiy viloyati ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasi shahar filialining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Binokor mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Janubiy mahallasida hokim yordamchisining ish faoliyati o‘rganildi
янв.21
Janubiy mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati oʻrganildi
янв.21
Tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan obodonlashtirish xizmatlari va tariflar o‘rganildi
янв.21
Yoshlar xiyobonidagi ichki yoʻlaklar va yoritish tizimi holati oʻrganildi
янв.21
Yoshlar xiyobonida olib borilayotgan qurilish ishlari oʻrganildi
янв.21
“FITO-FARM LEK” MCHJning “Shams Navoiy” dorixonasi faoliyati oʻrganildi
янв.21
Markaziy dehqon bozorida sanitariya-tozalik holati va savdo faoliyati oʻrganildi
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi 8-A.Navoiy saylov okrugi deputati tomonidan fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar hamda saylov okrugida olib borilgan o‘rganishlar natijasida aniqlangan muammo yuzasidan tegishli tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida Plyaj hududidan Paxtakor mahallasiga burilish qismidagi avtomobil yo‘lida piyodalar yo‘lagi mavjud emasligi qayd etildi. Natijada aholi ayniqsa bolalar, nuroniylar va boshqa piyodalar avtomobil qatnov qismidan harakatlanishga majbur bo‘layotgani, bu esa yo‘l harakati xavfsizligiga jiddiy xavf tug‘dirayotgani hamda fuqarolar tomonidan ko‘plab murojaatlar va e’tirozlarga sabab bo‘layotgani ta’kidlandi.

Deputatlik so‘rovida mazkur hududni joyiga chiqib o‘rganish, piyodalar yo‘lagini (trotuar) barpo etish zarur yo‘l belgilari va yo‘l harakati xavfsizligi vositalarini o‘rnatish orqali fuqarolar uchun xavfsiz va qulay harakatlanish sharoitlarini yaratish yuzasidan tegishli choralarni ko‘rish so‘ralgan.

Slide 1 of 1