35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Hududdagi noturar joy obyektlarining sanitariya holati o‘rganildi
янв.21
13-Umid saylov okrugida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Milliy sertifikatlashtirish — korrupsiyaga qarshi kurash va shaffof boshqaruvning muhim mexanizmi
янв.21
Vatan mahallasida tadbirkorlik faoliyati va hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Vatan mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Vatan mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasasidagi shart-sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi raisi saylovchilar oldida axborot berdi
янв.21
Navbatdagi sayyor qabul uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI

 MAHALLAGA BIRIKTIRILGAN TIJORAT BANKI VAKILI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati O.Olimov hamda tuman Kengashi
kotibiyati bosh mutaxassisi M.To‘xtasinov tomonidan Yuziya mahallasiga
biriktirilgan tijorat banki vakilining faoliyati o‘rganildi.


O‘rganish jarayonida aholini imtiyozli kreditlar bilan ta’minlash,
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, o‘zini o‘zi band qilishga ko‘maklashish,
oilaviy biznes loyihalarini moliyalashtirish hamda aholi murojaatlari bilan
ishlash holati tahlil qilindi.


Shuningdek, mahalladagi ehtiyojmand oilalar, yoshlar va xotin-qizlarni
tadbirkorlikka jalb etish, ularning bandligini ta’minlash, kredit mablag‘laridan
samarali foydalanish hamda davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan
ishlar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.


O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, aholiga ko‘rsatilayotgan
bank xizmatlari sifatini yanada oshirish va murojaatlarni o‘z vaqtida hal etish
yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi. Aniqlangan
kamchiliklar “Deputatning ko‘cha aylanish daftari”ga qayd etilib, ijrosi
nazoratga olindi.
  

Slide 1 of 4