35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
“Yoshlik” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Investitsiya loyihasining bugungi holati bilan yaqindan tanishildi
янв.21
Belgilangan reja-grafik asosida investitsiya loyihasining amalga oshirilish jarayoni o‘rganildi
янв.21
Belgilangan reja-grafik asosida investitsiya loyihasi o‘rganildi
янв.21
Hududdagi noturar joy obyektlarining sanitariya holati o‘rganildi
янв.21
13-Umid saylov okrugida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Milliy sertifikatlashtirish — korrupsiyaga qarshi kurash va shaffof boshqaruvning muhim mexanizmi
янв.21
Vatan mahallasida tadbirkorlik faoliyati va hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Vatan mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Vatan mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi
📍 Aholi murojaati joyiga chiqib o‘rganildi

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri I. Masharipov tomonidan fuqarolar murojaatlarini joyiga chiqib o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Navbatdagi o‘rganish jarayonida Do‘stlik mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro N. Xalmetovning Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyatiga yo‘llagan murojaati uning ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqildi.
Murojaatning asosiy mazmuni mahalla ichki ko‘chalarini asfaltlashtirish masalasiga qaratilgan bo‘lib, mavjud holat joyida o‘rganildi hamda muammoning yechimi yuzasidan tegishli tartib-taomillar bo‘yicha fuqaroga huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, mazkur masala vakolatli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish maqsadida doimiy deputatlik nazoratiga olinib, uning ijrosi yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi belgilandi.
🤝 Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida o‘rganish va amaliy yechim topish Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 2