35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasasidagi shart-sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi raisi saylovchilar oldida axborot berdi
янв.21
Navbatdagi sayyor qabul uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NAVOIY VILOYAT VA SHAHAR KENGASHI DEPUTATLARI BILAN AHOLI UCHRASHUVI
янв.21
Kiberxavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Navoiy shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi faoliyati deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Ichki ko‘chalarning ta’mirlanish holati o‘rganildi
янв.21
Transport to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati
янв.21
“Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati
Deputat tomonidan ijtimoiy soha obyektlaridagi ekologik holat joyida o‘rganildi

Deputat tomonidan ijtimoiy soha obyektlaridagi ekologik holat joyida o‘rganildi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga Oʻzbekiston “Adolat” SDPdan saylangan “18-Bogʻiston” okrugi deputati, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Usmanov Anvar Baxramovich tomonidan aholi murojaatlarini manzilli hal etish, hududlarda mavjud muammolarni joyida o‘rganish hamda ularni bartaraf etish maqsadida Bogʻobod mahallasida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

🗂 Mazkur o‘rganish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-noyabrdagi PQ–343-son "Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori hamda 2025-yil 18-noyabrdagi PF–217-son "Ekologiya va turizm sohalarida aholi talablariga tezkor javob bera oladigan boshqaruv tizimini yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni ijrosini ta’minlash doirasida amalga oshirildi.

💼 O‘rganishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Umidbek Abilov, Bogʻobod mahallasi fuqarolar yigʻini raisi hamda mas’ul mutaxassislar ishtirok etdi.

📊 O‘rganish davomida mahalla hududidagi 411-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti atrofidagi ekologik holat tanqidiy tahlil qilindi. Xususan, muassasa hududiga tutash maydonda ko‘p yillik daraxtlarning qurigan shoxlari o‘z vaqtida kesib tashlanmagani aniqlandi. Mazkur holat bolalar, pedagoglar va mahalla aholisi uchun xavf tug‘dirishi, shuningdek, kuchli shamol yoki noqulay ob-havo sharoitida baxtsiz hodisalarga sabab bo‘lishi mumkinligi qayd etildi.

💬 O‘rganish jarayonida ushbu kamchilik yuzasidan mahalla raisi bilan muhokama o‘tkazilib, masalani belgilangan tartibda Davlat xizmatlari markazi orqali rasmiylashtirish hamda Uchtepa tumani obodonlashtirish boshqarmasi xodimlarini jalb etgan holda qurigan shoxlarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.

🗣 Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–343-son qarori va PF–217-son Farmonida belgilangan vazifalarga qat’iy rioya etish, hududlarda ekologik xavfsizlikni ta’minlash, yashil hududlarni asrash hamda fuqarolar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish barcha mas’ul tashkilotlarning ustuvor vazifasi ekani alohida ta’kidlandi.

🖋️ O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni belgilangan muddatlarda bartaraf etish, ijtimoiy soha obyektlari atrofidagi ekologik holatni doimiy nazoratga olish hamda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan deputatga muntazam axborot taqdim etib borish belgilandi. Mazkur masalaning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 5