Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi raisi R.Tashpulatov tomonidan tumanda aholi bandligini ta’minlash, qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish hamda pillachilik sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Birlashgan mahallasida bo‘lib, pilla qurti parvarishi jarayoni bilan yaqindan tanishildi.
Tashrif davomida mahallada pillachilik bilan shug‘ullanayotgan aholi xonadonlarida yaratilgan sharoitlar, pilla qurtini parvarish qilish jarayonlari, ozuqa bazasi hamda sohada uchrayotgan muammo va kamchiliklar o‘rganildi. Shuningdek, pilla yetishtirishda agrotexnik talablarga rioya etish, sanitariya-gigiyena qoidalari asosida ish tashkil qilish va mahsuldorlikni oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Muloqot jarayonida pillachilik sohasi aholi bandligini ta’minlash, oilalar daromadini oshirish hamda qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini diversifikatsiya qilishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. Shu bilan birga, sohani yana-da rivojlantirish, aholini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi