Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
“Yoshlar oyligi” doirasida sog‘lom turmush tarziga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
янв.21
“Kibermakonda xavfsizlik” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi
янв.21
G‘alaba shah ko‘chasida aniqlangan holat joyida bartaraf etildi
янв.21
Zarafshon mahallasida obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha ishlar olib borildi
янв.21
Nizomiy ko‘chasida aniqlangan nosozlik yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Amir Temur ko‘chasida chiqindi to‘planishi holati o‘rganildi
янв.21
Boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Davlat xizmatlari markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
G‘alaba shah ko‘chasida aniqlangan holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Berilgan topshiriqlar ijrosi joyiga chiqqan holda o‘rganildi
ENERGIYA TEJAMKORLIGI VA ENERGIYA SAMARADORLIGINI OSHIRISH MASALALARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi D.Abulqosimova tomonidan doimiy komissiyaga biriktirilgan tashkilot vakillari bilan hamkorlikda 16-Sazag‘on saylov okrugida O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi O‘RQ-940-son Qonunining ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

✍️O‘rganish jarayonida hududdagi tashkilotlar, ijtimoiy soha obyektlari va aholi o‘rtasida energiya resurslaridan oqilona foydalanish, elektr energiyasi va tabiiy gazni tejash, energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

✏️Shuningdek, qonun talablarining amaliy ijrosini o‘rganish maqsadida fuqarolar va mutasaddi tashkilotlar vakillari o‘rtasida maxsus savolnomalar o‘tkazildi. Savolnomalar orqali energiya resurslaridan foydalanish holati, energiyani tejash bo‘yicha mavjud muammolar hamda aholining bu boradagi xabardorlik darajasi o‘rganildi.

✅️O‘rganish davomida:

🔘 energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish holati;
🔘 elektr energiyasi sarfini kamaytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar;
🔘 muqobil energiya manbalaridan foydalanish imkoniyatlari;
🔘 energiya resurslaridan foydalanishda qonun talablariga rioya etilishi;
🔘 aholining energiya tejash madaniyatini shakllantirish bo‘yicha targ‘ibot ishlari yuzasidan tahliliy ma’lumotlar to‘plandi.

➡️O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, energiya resurslaridan samarali foydalanish hamda qonun ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar ishlab chiqilib, mutasaddi tashkilotlarga kiritilishi belgilandi.

➡️Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi tomonidan energiya xavfsizligini ta’minlash, energiya tejamkorligini oshirish hamda aholining ushbu yo‘nalishdagi huquqiy savodxonligini yuksaltirishga qaratilgan nazorat tadbirlari izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 3