Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Baxor mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
GULISTON MAHALLASIDA YO‘L QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
TARAQQIYOT MAHALLASIDA YETTILIK FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
YO‘LLARNI QAYTA QURISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SOG‘LIKNI SAQLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Amir Temur ko‘chasidagi piyodalar yo‘lagida ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Ko‘p qavatli uydagi lift tizimi holati yuzasidan fuqarolar murojaati o‘rganildi
янв.21
Murojaat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Yangiariq mahalla fuqarolar yig‘ini binosi rekonstruksiya qilinishi o‘rganildi
янв.21
G‘alaba Shoh ko‘chasida keng ko‘lamli ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari yakuniy bosqichda
Murojaatlar joyida o‘rganilmoqda, muammolar yechimi deputatlik nazoratida

Navbatdagi o‘rganishlar davomida 7-sonli “Bog‘ishamol” saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Allamurodova deputatning murojaatlar daftariga qayd etilgan murojaatlar ijrosini joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirdi. Unda Kengash kotibiyati xodimlari va mahalla mas’ullari ham ishtirok etib, murojaatlar ijrosi yuzasidan atroflicha o‘rganish olib borildi.

O‘rganishlar chog‘ida mahalla aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ko‘p qavatli uylarda ichimlik suvi bosimining pastligi, kanalizatsiya tizimidagi mavjud muammolar, shuningdek, obodonlashtirish ishlarini yanada yaxshilash bo‘yicha bildirilgan taklif va murojaatlar tinglandi.

Har bir murojaat yuzasidan holat joyida tahlil qilinib, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar belgilash hamda ijrosini deputatlik nazoratiga olish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 3