Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Baxor mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
GULISTON MAHALLASIDA YO‘L QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
TARAQQIYOT MAHALLASIDA YETTILIK FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
YO‘LLARNI QAYTA QURISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
янв.21
SOG‘LIKNI SAQLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Amir Temur ko‘chasidagi piyodalar yo‘lagida ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Ko‘p qavatli uydagi lift tizimi holati yuzasidan fuqarolar murojaati o‘rganildi
янв.21
Murojaat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Yangiariq mahalla fuqarolar yig‘ini binosi rekonstruksiya qilinishi o‘rganildi
янв.21
G‘alaba Shoh ko‘chasida keng ko‘lamli ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari yakuniy bosqichda
Soliq inspeksiyasida mahalliy byudjet ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati, Kengashning "Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha" doimiy komissiyasi a’zosi X.Abdullayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Adxamov tomonidan Qo‘qon shahar Soliq inspeksiyasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida Qo‘qon shahar Soliq inspeksiyasi boshlig‘i A.Xamraqulov bilan joriy yilning iyun oyi yakunlari bo‘yicha mahalliy byudjet daromadlari reja ko‘rsatkichlari ijrosi, soliq tushumlarini oshirish, soliq va soliqqa oid huquqbuzarliklarning oldini olish hamda boqimanda qarzdorliklarni undirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, mahalliy byudjet daromadlarini ko‘paytirish maqsadida qo‘shimcha daromad manbalarini aniqlash, soliqqa tortish bazasini kengaytirish, yashirin iqtisodiyot holatlarining oldini olish hamda soliq intizomini mustahkamlash yuzasidan olib borilayotgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish jarayonida mas’ullar tomonidan reja ko‘rsatkichlarining o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishini ta’minlash, soliq ma’murchiligini yanada takomillashtirish hamda tadbirkorlik subyektlari bilan samarali hamkorlikni kuchaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida mahalliy byudjet daromadlarini oshirish, soliq tushumlarini barqaror ta’minlash va yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4