Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
HOKIM YORDAMCHI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Navoiy shahrida ijtimoiy himoya yo‘nalishida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda
янв.21
NOBANK KREDIT TASHKILOTLARI VA MIKROMOLIYALASHTIRISH FAOLIYATI TOʻGʻRISIDA
янв.21
BANKLAR VA BANK FAOLIYATI TOʻGʻRISIDA
янв.21
Sayyor qabul – fuqarolar murojaatlari e’tibor markazida
янв.21
“Binokor” mahallasida yoshlar bilan ishlash tizimi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati “Ishonch” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Mahallalarda profilaktika ishlari va sog‘lom turmush targ‘iboti yo‘lga qo‘yildi
янв.21
Mahallalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash va ijtimoiy profilaktika ishlari olib borildi
янв.21
Mahallada giyohvandlikka qarshi targʻibot tadbiri oʻtkazildi
Yo‘l infratuzilmasi yaxshilandi

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati X. Ibragimov "Iqbol" mahallasida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
O‘rganish davomida mahalla tuman markazida joylashgan bo‘lishiga qaramay, ichki yo‘llarning ayrim qismi ta’mirtalab holatda bo‘lgani sababli mazkur hudud yo‘l-ta’mirlash dasturiga kiritilgani qayd etildi.
Bugungi kunga qadar mahalladagi 2 ta ko‘chada asfalt qoplamasi yotqizish ishlari to‘liq yakunlangan bo‘lib, yana 3 ta ko‘chada qurilish-ta’mirlash ishlari boshlangan. Amalga oshirilayotgan mazkur ishlar aholining transport qatnovi uchun qulay sharoit yaratish, yo‘l infratuzilmasini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish hamda hudud obodonligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.
Deputat o‘rganish yakunida yo‘l qurilishi va ta’mirlash ishlarining sifati hamda belgilangan muddatlarda yakunlanishini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar bildirib, hududlarda infratuzilmani izchil rivojlantirish aholining turmush farovonligini yuksaltirishdagi muhim omillardan biri ekanini ta’kidladi.

Slide 1 of 1