Kosiblar mahallasida aholi muammolari bilan ishlash daftari o‘rganildi
✅ Xalq deputatlari tuman Kengashiga “5-Kosiblar” saylov okrugidan saylangan deputat Z.O‘zbekova Kosiblar mahallasida istiqomat qiluvchi aholi muammolari bilan ishlash ahvoli o‘rganildi.
✅ Tadbir davomida mahallada aholini qiynayotgan masalalar, jumladan, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, kasb-hunar o‘rganish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, tibbiy xizmatlardan foydalanish hamda oilaviy masalalar o‘ranildi.
✅ Shuningdek, mahalladagi ehtiyojmand va ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va daromad manbaini yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham o‘rganildi.