Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 30 yanvardagi PF–17-son “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi hamda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, kambag‘allikni qisqartirish va fuqarolarning munosib turmush sharoitlarini yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi doimiy komissiya raisi Sh.Mamarizayev hamda faol deputatlar A.Jo‘rayev, M.Dusmatova va kotibiyat xodimlari J.Raxmonov va Sh.Madaminovlar tomonidan nazorat-tahlil tartibida o‘rganildi.