Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
HOKIM YORDAMCHI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Navoiy shahrida ijtimoiy himoya yo‘nalishida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda
янв.21
NOBANK KREDIT TASHKILOTLARI VA MIKROMOLIYALASHTIRISH FAOLIYATI TOʻGʻRISIDA
янв.21
BANKLAR VA BANK FAOLIYATI TOʻGʻRISIDA
янв.21
Sayyor qabul – fuqarolar murojaatlari e’tibor markazida
янв.21
“Binokor” mahallasida yoshlar bilan ishlash tizimi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati “Ishonch” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Mahallalarda profilaktika ishlari va sog‘lom turmush targ‘iboti yo‘lga qo‘yildi
янв.21
Mahallalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash va ijtimoiy profilaktika ishlari olib borildi
янв.21
Mahallada giyohvandlikka qarshi targʻibot tadbiri oʻtkazildi
Deputat so‘rovi orqali muammoga yechim izlanmoqda

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati D.Rahmatullayeva tomonidan aholi murojaatlari hamda joylarda olib borilgan o‘rganishlar asosida “Nodirabegim” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi muhim muammolardan biri aniqlandi.

Xususan, MFYning 2-kichik dahasida joylashgan ko‘p qavatli uylarda ichimlik suvi bosimining pastligi sababli fuqarolar tomonidan qator e’tiroz va murojaatlar bildirilgan.

Mazkur holat atroflicha o‘rganilib, muammoni tizimli hal etish maqsadida “Andijon Suv Ta’minoti” AJ Andijon shahar filialiga deputat so‘rovi yuborildi.

Aholini qiynab kelayotgan ushbu masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, uning ijobiy yechim topishi yuzasidan amaliy ishlar davom ettiriladi.

Fuqarolar manfaatini ta’minlash, ularning hayot sifatini yaxshilash – ustuvor vazifa.

Slide 1 of 2