Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Nurafshon mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla faollari bilan uchrashuv tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-406-son qarori hamda Senat Kengashining KQ-35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiyadan kelib chiqib, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati Jurayeva Saodatxon Xashimovna tomonidan 14-Nurafshon saylov okrugi hududidagi Nurafshon mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla faollari bilan uchrashuv tashkil etildi.

🔹Uchrashuv davomida hududda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning natijadorligi, aholi muammolarini o‘rganish va ularning yechimini topish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

🔹Xususan, mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasidagi ishlar yuzasidan fikr almashildi.

🔹Shuningdek, hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, aholini kambag‘allikdan chiqarish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish va oilalarning daromad manbalarini kengaytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar muhokama markazida bo‘ldi.

🔹Uchrashuvda mahalla faollari tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar tinglanib, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda hududni yanada rivojlantirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

🔹Bunday uchrashuvlar deputat va saylovchilar o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash, aholi manfaatlarini himoya qilish hamda hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 4