35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
MUSTAQILLIK — YOSHLAR NIGOHIDA

📌O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida Yashnobod tumani Xalq deputatlari Kengashi deputati Bahrom Xudoyarov tashabbusi bilan 156-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchi-yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

❗️Uchrashuvda maktab rahbariyati, pedagoglar hamda o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi. Ochiq muloqot davomida mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim olish, kasb-hunar tanlash va kitobxonlikni rivojlantirish masalalari haqida fikr almashildi. Shuningdek, yoshlarda Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat, mustaqillikning tarixiy ahamiyatini chuqur anglash va yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish tuyg‘ularini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.

❗️Uchrashuv samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tib, o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Yoshlarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 1