35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLARNING MUROJAATLARI KO‘RIB CHIQILISHI MUHOKAMA QILINDI

🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan Shovot tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Saidov San’at Qutlimuratovichning tumani hokimligida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish yuzasidan hisoboti muhokama qilindi.
📊 2026-yil yanvar–avgust oylarida tuman hokimligiga jismoniy va yuridik shaxslardan 593 ta murojaat kelib tushgan.
🔹 569 ta murojaat ishchi guruhlar tomonidan o‘rganilib, murojaat mualliflariga asoslantirilgan javoblar berilgan.
🔹 24 ta murojaat ayni vaqtda ko‘rib chiqilmoqda.
🔹 486 ta murojaat (85,4 foiz) ijobiy hal etilgan.
🔹 83 ta murojaat (14,5 foiz) yuzasidan amaldagi qonunchilik talablari tushuntirilgan.
📌 Murojaatlarning asosiy qismi moddiy yordam, shirkat va fermer xo‘jaligi, uy-joy va yer, ish, transport va avtomobil yo‘llari, kredit, qurilish, elektrlashtirish va gazlashtirish hamda turar joylarni ta’mirlash masalalariga oid bo‘lgan.
🤝 Shuningdek, 2026-yil yanvar–avgust oylarida tuman hokimi va uning o‘rinbosarlari tomonidan 58 ta sayyor qabul o‘tkazilib, ularda 291 ta murojaat qabul qilingan.
📞 Tuman hokimining shaxsiy qabulida 174 ta, ishonch telefoni orqali 21 ta, elektron tizim orqali 54 ta, hokimlik devonxonasi orqali esa 53 ta yozma murojaat kelib tushgan.
⚖️ Doimiy komissiya tomonidan murojaatlarni o‘z vaqtida, qonuniy va adolatli ko‘rib chiqish, ularning ijrosini nazorat qilish hamda ko‘tarilayotgan muammolarni manzilli va tizimli ravishda hal etish zarurligi qayd etildi.
📑 XULOSA:
Shovot tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Saidov San’at Qutlimuratovichning jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish yuzasidan hisoboti muhokama qilinib, mazkur masalani tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish tavsiya etildi.
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi
Telegram | Web-sayt | Facebook | You tube | Instagram