35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi deputati I.Raximov tomonidan Mustaqillik MFYda aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, manzilliligi va samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash holati, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, ularning mavjud ijtimoiy muammolarini aniqlash va amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Jarayon davomida ijtimoiy ehtiyojmand oilalar va fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularga tegishli ijtimoiy xizmatlarni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rsatish, mavjud muammolarni manzilli hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni tizimli davom ettirish belgilab olindi.

Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar aholining qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy muammolarni joyida aniqlash va ularning amaliy yechimini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3