35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi deputati M. To‘ychiev tomonidan o‘z saylov okrugi — 14-Qizil-qiyoq saylov okrugi hududida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi Kotibiyati bosh mutaxassislari hamda Qizil-qiyoq mahalla fuqarolar yig‘ini raisi I. Qo‘chqarov bilan birgalikda hududdagi 10-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati o‘rganildi.

Jumladan, maktabning 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi. Ta’lim muassasasining isitish tizimi, mavjud ko‘mir zaxirasi, ko‘mir saqlash xonasi, qozonxonalar hamda ularning texnik holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, ta’lim muassasasini issiqlik energiyasi bilan barqaror ta’minlash, zarur yoqilg‘i zaxirasini oldindan shakllantirish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan maktabga biriktirilgan DXSh tashkiloti hamda tegishli maktabgacha va maktab ta’limi tizimi mas’ul xodimlariga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Mas’ullarga kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini kechiktirmasdan, hozirdanoq boshlash, ko‘mir zaxirasini yetarli miqdorda shakllantirish, qozonxona va isitish tizimlarining sozligini ta’minlash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Deputat tomonidan berilgan topshiriqlarning ijrosi nazoratga olinib, maktabning kuz-qish mavsumiga puxta va sifatli tayyorgarligini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.

Ta’lim muassasalarida qulay va issiq muhit — o‘quvchilar ta’lim olishi uchun muhim shart!

Slide 1 of 1