35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
“OBOD MAHALLA” DASTURI: QICHQIRIQ MAHALLASIDAGI BUNYODKORLIK ISHLARI DEPUTAT E’TIBORIDA

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️“OBOD MAHALLA” DASTURI: QICHQIRIQ MAHALLASIDAGI BUNYODKORLIK ISHLARI DEPUTAT E’TIBORIDA

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Luiza Hikmatova Olmazor tumanining “Qichqiriq” mahallasida bo‘lib, “Obod mahalla” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari jarayonini bevosita joyiga chiqib o‘rgandi.

🔎 O‘rganish davomida hududda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, mahalla infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay va obod yashash muhitini shakllantirishga qaratilgan ishlarning borishiga alohida e’tibor qaratildi.

🛣 Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan kelib chiqib, mahalla ichki ko‘chalari, hududlarning obodonligi hamda aholi uchun xavfsiz va qulay sharoit yaratish bilan bog‘liq masalalar ham ko‘zdan kechirildi.

🌳 Luiza Hikmatova “Obod mahalla” dasturi doirasidagi ishlarning sifati va amaliy natijadorligiga e’tibor qaratib, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, eng avvalo, mahalla aholisining kundalik ehtiyojlari va manfaatlariga xizmat qilishi lozimligini qayd etdi.

🔺 Shuningdek, Qichqiriq mahallasida obodonlashtirish ishlarini sifatli davom ettirish, mavjud infratuzilmani yaxshilash hamda aholi uchun yanada munosib yashash sharoitlarini yaratish bilan bog‘liq masalalar deputatlik e’tiborida ekani ta’kidlandi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 4