35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
AL-BUXORIY MFY RAISI FAOLIYATI BILAN TANISHILDI

Al-Buxoriy mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla raisining hududda aholi bilan ishlash, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish, mahalladagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirish hamda mavjud muammolarni hal etish borasidagi faoliyati bilan tanishildi.

Tashrif davomida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, fuqarolar bilan muloqot qilish, muammoli masalalarni aniqlash va ularning yechimini topish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, mahalla raisiga hududdagi ishlarni yanada tizimli tashkil etish, aholi murojaatlariga e’tibor qaratish hamda fuqarolar manfaatlarini ta’minlash borasida tegishli tavsiyalar bildirildi.

Mazkur jarayon xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputatlari A. Appakov hamda H. Holmatov tomonidan amalga oshirildi.