35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila holidan xabar olindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 11-“O‘rmonbog‘” saylov okrugidan saylangan deputat N.Shomatov tomonidan “Davronbek” mahalla fuqarolar yig‘inida ko‘chalar bo‘ylab o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida Gullola ko‘chasi, 37-xonadonda yashovchi, ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqaro F.Abdullayeva bilan suhbat o‘tkazildi. Suhbat davomida oilaning ijtimoiy holati, mavjud ehtiyojlari hamda oiladagi voyaga yetmagan farzandlarning sharoiti o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida oilada voyaga yetmagan farzandlar borligi, shuningdek, oilaning boquvchisi vaqtincha majburiy davolanishda ekanligi aniqlandi.

Mazkur oilaning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, mavjud muammolarni manzilli hal etish hamda voyaga yetmagan farzandlarni zarur ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, bog‘cha yoshidagi bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotiga joylashtirish masalasida mahalla ijtimoiy xodimi bilan bog‘lanilib, tegishli tartibda amaliy yordam ko‘rsatish va masalani nazoratga olish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Mazkur o'rganish ishlarini olib borishda Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda kotibiyat bosh mutaxasissi A.Adhamovlar tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

O‘rganish yakunida oilani qo‘llab-quvvatlash, bolalarning ta’lim-tarbiya jarayoniga jalb etilishini ta’minlash hamda oilaning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3