Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
"Ayaqquduq" OFYda hokim yordamchilari faoliyati samaradorligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Tomdi tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Jaysanbayev Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar asosida "Ayaqquduq" OFY hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlarni o‘rgandi.

O‘rganish davomida mahallada kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta'minlash, fuqarolarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, kasb-hunarga o‘qitish, imtiyozli kredit va subsidiyalar ajratish hamda oilalarning daromad manbalarini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, "mahallabay" ishlash tizimi doirasida ehtiyojmand oilalar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini o‘rganish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda davlat dasturlari ijrosini ta'minlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

O‘rganish yakunida mavjud holat yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berilib, kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta'minlash borasidagi ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 1