Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
MAHALLADAGI XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Tomdi tumani Kengashi raisi J.Turmaxanov tomonidan Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha TAVSIYALAR asosida OFYdagi mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi.

O‘rganish davomida mahallada xotin-qizlar bilan ishlash, ularning muammolarini aniqlash va manzilli hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb etish, daromad manbalarini yaratish hamda oilalardagi ijtimoiy muammolarni bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish jarayonida mahalladagi xotin-qizlar bilan individual ishlashni yanada kuchaytirish, ularning murojaat va takliflarini o‘z vaqtida o‘rganish hamda mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish muhimligi ta’kidlandi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berilib, kelgusida xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, bandligini ta’minlash va ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish belgilandi.

Slide 1 of 1