Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
TIBBIYOT BIRLASHMASI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Tomdi tumani Kengashi deputati J.Eshniyazova tomonidan Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha TAVSIYALAR asosida tuman tibbiyot birlashmasida o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi, tibbiyot muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar hamda tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, bemorlarga tibbiy xizmatlarni belgilangan tartibda ko‘rsatish, mavjud tibbiy jihozlardan samarali foydalanish hamda tibbiyot xodimlari uchun yaratilgan sharoitlar holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish, fuqarolarning tibbiy yordamdan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

Aniqlangan masalalar bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, ularning ijrosini ta’minlash hamda kelgusida tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish belgilandi.

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalarda aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holatini o‘rganish alohida yo‘nalish sifatida belgilangan.

Slide 1 of 6