Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
YOSHLAR MASALALARI BO‘YICHA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Tomdi tumani Kengashi deputati, Kengash kotibiyati mudiri E.Mirzayev, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, “Xalqparvar” komissiyasi raisi J. Eshniyazova hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zolari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning murojaat va takliflarini o‘rganish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud muammolarini manzilli hal etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport, ta’lim, kasb-hunar va turli foydali mashg‘ulotlarga keng jalb etish, bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Yig‘ilishda Yoshlar maslahat guruhi faoliyatini yanada takomillashtirish, yoshlar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan takliflar bildirildi.

Yakunida belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish, yoshlar bilan ishlashda hamkorlikni yanada kuchaytirish hamda ularning muammolarini o‘z vaqtida hal etish bo‘yicha tegishli kelishuvlarga erishildi.

Slide 1 of 4