Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
Haftalik ish reja ijrosi: maktab rekonstruksiyasi deputatlar nazoratida

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining KQ-35-sonli qarori ijrosi yuzasidan Termiz shahrida olib borilayotgan nazorat-tahlil tadbirlari doirasida “Yulduz” mahallasidagi 15-sonli umumta’lim maktabini rekonstruksiya qilish ishlari manzilli o‘rganildi.

O‘rganish tadbirida Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D. Normuradova, 2-“Yulduz” saylov okrugi deputati I. Shatova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A. Temirov ishtirok etdi.

Mazkur tadbir Termiz shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash, ularning amaliy natijadorligini baholash hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish maqsadida tashkil etildi.

Haftalik ish rejasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganishda asosiy e’tibor maktab rekonstruksiyasi bilan bog‘liq ishlarning borishi, belgilangan vazifalarning amaliy ijrosi va natijadorligini baholashga qaratildi.

Joylarda olib borilayotgan bunday nazorat-tahlil tadbirlari ta’lim infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash, aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda xalq vakillarining nazorat faoliyatini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Termiz shahrida ta’lim sohasini rivojlantirish, maktablarda zamonaviy va qulay sharoitlar yaratish borasidagi ishlar deputatlar e’tiborida.

Slide 1 of 6