35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
янв.21
Xalıq deputatları Moynaq rayonlıq Keńesine ÓzXDPnan deputat A.Jolımbetova “Qazaqdárya” awıl puqaralar jıyını baslıǵı menen birge aymaq turǵınlarınıń mashqalaların úyrendi.
Buni_bilasizmi

#Buni_bilasizmi
DEPUTATLARNING NAZORAT-TAHLIL FAOLIYATI QANDAY?

🔍 Nazorat-tahlil faoliyati – bu xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, davlat va hududiy dasturlar, Kengash qarorlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining ijrosi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirishga qaratilgan faoliyatdir.

Mazkur faoliyatning asosiy maqsadi hududdagi mavjud muammolarni aniqlash, ularning sabablarini tahlil qilish, mas'ul tashkilotlar faoliyatiga baho berish hamda qonunchilik hujjatlarining amalda to‘liq va sifatli ijro etilishini ta'minlashdan iborat.

Nazorat-tahlil faoliyatining asosiy shakllari:

✅ Eshituvlar – davlat organlari va tashkilotlar rahbarlarining hisobot va axborotlarini doimiy komissiyalar hamda Kengash sessiyalarida eshitish.

✅ Deputat so‘rovi – deputat tomonidan aniqlangan muammo yuzasidan vakolatli davlat organlari va mansabdor shaxslarga rasmiy so‘rov yuborish hamda belgilangan muddatda javob olish.

✅ Kengash so‘rovi – Kengash qarori asosida davlat organlari va tashkilotlarga yuboriladigan rasmiy so‘rov bo‘lib, muhim masalalar yuzasidan axborot va tushuntirishlarni olishga xizmat qiladi.

✅ Kengash tekshiruvi – qonunlar, hududiy dasturlar va Kengash qarorlarining ijrosini joyiga chiqqan holda o‘rganish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish.

✅ Nazorat-tahlil tadbirlari – hududdagi dolzarb masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish, muammolarni tahlil qilish, mas'ul tashkilotlar faoliyatini baholash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.

Samarali nazorat-tahlil faoliyati hududlarni kompleks rivojlantirish, fuqarolarning murojaatlarini ijobiy hal etish, davlat organlari faoliyatining ochiqligi va hisobdorligini ta'minlash hamda deputatlik nazoratining ta'sirchanligini oshirishga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 1