35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
118-sonli DMTTdagi shart-sharoitlar o‘rganildi

 118-sonli DMTTdagi shart-sharoitlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi kotibiyat bosh mutaxassisi U. Shopotixov hamda XDP Olmazor tuman Kengashi raisi X. Xamidov ishtirokida Xoncharbog‘ mahallasida joylashgan 118-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurilib, muassasadagi mavjud holat atroflicha o‘rganildi.

🔎 Tashrif davomida DMTTning moddiy-texnik bazasi, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, guruh xonalari, hududning obodonlashtirilganlik va sanitariya holati, xavfsizlik talablari hamda bolalarning mazmunli ta’lim-tarbiya olishi uchun yaratilgan imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbariyati va mas’ullari bilan suhbat o‘tkazilib, muassasada mavjud muammo va kamchiliklar, ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.

🤝 O‘rganish jarayonida tarbiyalanuvchilar uchun yanada qulay, xavfsiz va zamonaviy sharoitlarni yaratish, ta’lim-tarbiya sifatini oshirish hamda muassasaning moddiy-texnik imkoniyatlarini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌 Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish, mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish hamda ishlarning ijrosini nazoratga olish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 5