35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
BIRINCHI QO‘NG‘IROQ — YANGI O‘QUV YILI, YANGI ORZULAR!

 BIRINCHI QO‘NG‘IROQ — YANGI O‘QUV YILI, YANGI ORZULAR!

📚 2026–2027-o‘quv yilining boshlanishi — Bilimlar kuni munosabati bilan Chuqursoy MFY hududidagi 16-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Birinchi qo‘ng‘iroq” bayram tadbiri ko‘tarinki kayfiyat va o‘zgacha tantanavor ruhda bo‘lib o‘tdi.

🎓 Tadbirda Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati To‘rabek Tursunov, “Nuroniy” jamg‘armasining Olmazor tumani bo‘limi raisi, "Gulzor" MFY raisi hamda mahalla faollari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida maktab jamoasi, ustoz va murabbiylar, o‘quvchilar hamda ota-onalar yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan samimiy muborakbod etildi.

🌟 Yangi o‘quv yili — bilim va izlanish, ezgu maqsadlar hamda yangi marralar sari muhim qadamdir. Ayniqsa, yosh avlodning puxta bilim olishi, zamonaviy kasb-hunarlarni egallashi va har tomonlama barkamol inson bo‘lib voyaga yetishi yo‘lida ustozlarning fidokorona mehnati beqiyosdir.

🇺🇿 Tadbirda o‘quvchilarga yangi o‘quv yilida ulkan muvaffaqiyatlar, a’lo baholar, mustahkam sog‘lik va yorqin kelajak sari dadil qadamlar tilandi.

📖 Barcha ustoz va murabbiylar, aziz o‘quvchilar hamda ota-onalarni Bilimlar kuni bilan muborakbod etamiz!

🔔 Birinchi qo‘ng‘iroq sadosi yangi zafarlar sari chorlasin!

Slide 1 of 3