35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
“Alisher Navoiy” mahallasida deputatlik nazorati



Termiz shahrida mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, "mahalla yettiligi" va faollar ish faoliyatini tahlil qilish hamda aholini qiynayotgan muammolarni bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganish borasidagi deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar Kengashning 25-“Kokildorota” saylov okrugi deputati M.Sidiqova okrugiga qarashli “Alisher Navoiy” mahallasida bo‘ldilar.

Mas’ullar va deputat dastlab mahalla idorasida bo‘lib, mahalla faollari va "mahalla yettiligi" vakillarining bugungi kundagi faoliyatlari, aholi murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan atroflicha suhbat olib bordilar.

Ushbu jarayon Oliy Majlis Senati tomonidan belgilangan “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” mezonlari asosida tashkil etildi.

Suhbatdan so‘ng, deputatlar hududdagi mavjud muammolarni bevosita joyiga chiqqan holda o‘rgandilar. Mahalla ichki yo‘llarining ahvoli ko‘zdan kechirilganda, Qirqqiz 2 ko‘chasi ta’mirtalab holatda ekanligi, yo‘l qoplamasining yemirilganligi piyodalar va transport vositalari harakatiga noqulaylik tug‘dirayotgani aniqlandi.

Aniqlangan ushbu yo‘l muammosi deputat murojaat daftariga batafsil qayd etildi. Mazkur ko‘chani ta’mirlash va tartibga keltirish ishlarini amalga oshirish yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilab olindi.

Slide 1 of 3