35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
Deputat va "Madad" hamkorligi: Yangi yo'l okrugida aholi murojaatlari tinglandi

Deputat va "Madad" hamkorligi: Yangi yo'l okrugida aholi murojaatlari tinglandi

🇺🇿Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining 7-Yangi yo'l saylov okrugidan saylangan deputati S.Rajabova o'ziga biriktirilgan hududdagi mahallalarda aholi muammolarini o'rganish va ularni ijobiy hal etish borasida tegishli tashkilotlar bilan yaqin hamkorlikda tizimli ishlar olib bormoqda.

Jumladan, navbatdagi sayyor qabul davomida deputat S.Rajabova va okrugga biriktirilgan tashkilot rahbari fuqarolarning murojaatlarini tinglashdi.

Aholiga huquqiy yordam ko'rsatish hamda ularni qiynayotgan masalalarga amaliy yechim topish maqsadida ushbu jarayonga Adliya bo'limi huzuridagi "Madad" huquqiy maslahat byurosi xodimi ham jalb etildi.

Muloqot chog'ida fuqarolardan kelib tushgan turli masaladagi murojaatlarning aksariyatiga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Xususan, yer va mulk masalalari, ijtimoiy nafaqalar tayinlash, bandlikni ta'minlash hamda qonunchilikdagi yangiliklar yuzasidan "Madad" byurosi mutaxassisi tomonidan batafsil huquqiy maslahatlar taqdim etildi.

O'rganish talab etiladigan ayrim murojaatlar esa nazoratga olinib, ularni qonuniy hal etish yuzasidan mas'ul idoralarga tegishli vazifalar belgilandi. Bu kabi hamkorlikdagi qabullar fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish bilan birga, ularning davlat idoralari va xalq vakillariga bo'lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.