35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
G‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi


Musobaqaning hal qiluvchi uchrashuvlari yakunlanganidan so‘ng, bellashuvlarda faol ishtirok etgan, o‘zining mahorati, iqtidori va sportga bo‘lgan intilishi bilan alohida ajralib turgan yosh futbolchilarni munosib rag‘batlantirish marosimi ham tashkil etildi.

Taqdirlash jarayonida musobaqa davomida o‘zining professional mahorati, jamoaga qo‘shgan hissasi va maydondagi faolligi bilan namoyon bo‘lgan iqtidorli sportchilar bir qator maxsus nominatsiyalar bo‘yicha e’tirof etildi.

«Eng yaxshi darvozabon» nominatsiyasi bo‘yicha Abdullaev Boburbek munosib deb topilib, unga esdalik sovg‘alari topshirildi.

«Eng yaxshi to‘purar» nominatsiyasi bo‘yicha Muhammadaliev Miraziz musobaqaning eng sermahsul futbolchisi sifatida e’tirof etildi hamda unga esdalik sovg‘alari topshirildi.

«Eng yaxshi o‘yinchi» nominatsiyasi bo‘yicha esa Tillaev M. munosib deb topilib, unga ham esdalik sovg‘alari topshirildi.

Taqdirlash marosimi ishtirokchilar uchun ko‘tarinki ruhda o‘tib, yosh futbolchilarning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularni yangi marralar sari intilishga ruhlantirishga xizmat qildi.

Bunday sport musobaqalarining muntazam tashkil etilishi yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, jamoaviylik va do‘stlik muhitini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

🏆 G‘olib va sovrindorlarni erishgan natijalari bilan muborakbod etamiz! Kelgusidagi sport musobaqalarida barcha ishtirokchilarga ulkan zafarlar tilaymiz!

Slide 1 of 1