35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
#munosabat

️Prezident farmoniga muvofiq, 2026 yil 1 noyabrdan boshlab elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlariga ulangan tadbirkorlik subyektlari uchun avans to‘lovi miqdorining 100 foizdan 15 foizga tushirilishi biznes subyektlari uchun muhim moliyaviy yengillikdir.
⚡️Bu, avvalo, tadbirkorlarning aylanma mablag‘larini samarali boshqarishi, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlariga ko‘proq mablag‘ yo‘naltirishi uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratadi. To‘lov intizomiga rioya qilayotgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash orqali mas’uliyatli biznes yuritishga ham rag‘bat kuchayadi.
⚡️Shuningdek, elektr energiyasi va gaz sarfi bo‘yicha hisobot topshirish majburiyatining bekor qilinishi ortiqcha byurokratik jarayonlarni qisqartirib, tadbirkorning vaqtini tejaydi.
⚡️Moliyaviy va ma’muriy jarimalarni o‘rtacha ikki barobar kamaytirish bo‘yicha hujjat loyihasining ishlab chiqilishi esa biznes muhitini yanada qulaylashtirishga xizmat qiladi.
⚡️Deputat sifatida ushbu islohotlarni tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va hudud iqtisodiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladigan muhim qadam, deb hisoblayman. Eng muhimi, berilgan yengilliklardan samarali foydalanib, to‘lov intizomi va qonun talablariga qat’iy rioya qilish har bir tadbirkorning mas’uliyatidir.

Sh.Boboyev,  Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati