35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
«Mustaqillik qadriyat» — yurtga sadoqat va faxr ifodasi

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yurtimizda turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, aksiya va chelenjlar tashkil etilmoqda.
🇺🇿Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi raisi L.Behbudova hamda Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi kotibiyati mudiri I.Xolov tashabbusi bilan «Mustaqillik qadriyat» nomli chelenj o‘tkazildi.
🇺🇿Chelenjdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yosh avlod va keng jamoatchilik qalbida Vatanga muhabbat, yurt taqdiriga daxldorlik, milliy qadriyatlarga hurmat va istiqlol ne’matlariga shukronalik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashdan iborat.
🇺🇿Tadbir davomida ishtirokchilar mustaqillikning xalqimiz hayotidagi beqiyos ahamiyati, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va erishilayotgan yutuqlar haqida o‘z fikr va munosabatlarini bildirdilar.
🇺🇿Darhaqiqat, mustaqillik — xalqimizning eng ulug‘ va bebaho qadriyati. Uning qadrini anglash, asrab-avaylash va kelgusi avlodlarga munosib tarzda yetkazish har bir yurtdoshimizning muqaddas burchidir.
🇺🇿«Mustaqillik qadriyat» chelenji ham ana shu ezgu g‘oyalarni keng targ‘ib etish, yurtdoshlarimizni Vatan ravnaqi va taraqqiyotiga daxldorlik ruhida birlashtirishga xizmat qildi.

Slide 1 of 2