35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
BEPUL DORI VOSITALARI BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI.

Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati,xususan, imtiyozli toifadagi fuqarolarni zarur dori vositalari bilan ta’minlash masalasi Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputatlarining jamoatchilik nazorati yo‘nalishidagi faoliyatida muhim o‘rin tutmoqda.Shu maqsadda Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 5-“Changi” saylov okrugidan saylangan deputat Mahkamova Feruza Sa’diyevna tomonidan Parkent tumani Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida aholiga bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi.O‘rganish davomida dori vositalarining mavjudligi, ularning saqlanishi va hisobini yuritish, shuningdek, belgilangan tartibda fuqarolarga yetkazib berilishi bilan bog‘liq jarayonlarga e’tibor qaratildi.Mas’ul mutaxassislar bilan suhbat davomida poliklinikada bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatish, dori vositalarini qabul qilish va tarqatish,tibbiy buyumlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash hamda fuqarolarni elektron retsept asosida dori vositalari bilan ta’minlash tartibi yuzasidan ma’lumotlar olindi.Shuningdek, dori vositalarining kirim-chiqim hisobi, aholining murojaatlari, ayniqsa, doimiy ravishda dori-darmonga ehtiyoj sezadigan fuqarolarni zarur preparatlar bilan ta’minlash masalalari ham muhokama qilindi.O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi tomonidan aholining huquq va manfaatlarini ta’minlash, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish hamda ijtimoiy ahamiyatga ega masalalar ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish borasidagi ishlar davom ettiriladi.  

Slide 1 of 8