35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
MAHALLADA CHIQINDI KONTEYNERLARI MASALASI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 24-“Rayhon” saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Xasanova tomonidan “Rayhon” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla hududida maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish bilan bog‘liq mavjud holat ko‘zdan kechirildi.

Xususan, chiqindi tashlash uchun mo‘ljallangan konteynerlar yetishmasligi sababli mahalla hududida ayrim noqulayliklar yuzaga kelayotgani mahalla faollari tomonidan bildirildi.

Murojaat deputat tomonidan o‘rganilib, hududdagi sanitariya va obodonlashtirish holatini yaxshilash, chiqindilarni belgilangan joylarga to‘plash hamda ularni o‘z vaqtida olib chiqib ketishni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda qo‘shimcha chiqindi konteynerlari o‘rnatish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish va aholi uchun qulay sharoit yaratish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 5