35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalıq deputatları Moynaq rayonlıq Keńesine ÓzXDPnan deputat A.Jolımbetova “Qazaqdárya” awıl puqaralar jıyını baslıǵı menen birge aymaq turǵınlarınıń mashqalaların úyrendi.
янв.21
Xalıq deputatları Moynaq rayonlıq Keńesine ÓzXDPnan deputat K.Nasırova aymaq turǵınlarınıń mashqalaların úyrendi.
янв.21
“Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Қәўипсиз бақша: Депутат тәрепинен Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилди
янв.21
Мойнақ районлық Жаслар ислери бөлими жумысы үйренилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
#Мүнәсибет
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev tomonidan tumanning “Ko‘kto‘nli” mahallasi bo‘yicha hokim yordamchisi A.Batirovning mahallada aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish borasida hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirayotgan ishlari bilan tanishdi.

O‘rganish davomida hokim yordamchisi tomonidan mehnatga layoqatli, ishsiz fuqarolarni doimiy va mavsumiy ish bilan ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, imtiyozli kreditlar asosida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda o‘zini o‘zi band qilish dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha axborot berildi. Shuningdek, aholini tadbirkorlikka jalb etish, tomorqadan samarali foydalanish, xizmat ko‘rsatish va hunarmandchilik yo‘nalishlarida yangi loyihalarni amalga oshirish yuzasidan ham fikr almashildi.

O‘rganish yakunida aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, ishsizlikni qisqartirish va aholi daromadlarini ko‘paytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni izchil davom ettirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3