Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalıq deputatları Moynaq rayonlıq Keńesine ÓzXDPnan deputat A.Jolımbetova “Qazaqdárya” awıl puqaralar jıyını baslıǵı menen birge aymaq turǵınlarınıń mashqalaların úyrendi.
янв.21
Xalıq deputatları Moynaq rayonlıq Keńesine ÓzXDPnan deputat K.Nasırova aymaq turǵınlarınıń mashqalaların úyrendi.
янв.21
“Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Қәўипсиз бақша: Депутат тәрепинен Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилди
янв.21
Мойнақ районлық Жаслар ислери бөлими жумысы үйренилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
#Мүнәсибет
“FITO-FARM LEK” MCHJning “Shams Navoiy” dorixonasi faoliyati oʻrganildi

“FITO-FARM LEK” MCHJning “Shams Navoiy” dorixonasi faoliyati oʻrganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Gulshan Zokirovna Xasanova, Navoiy shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Muborak Astanova hamda ishchi guruh aʼzolari Navoiy shahridagi “FITO-FARM LEK” MCHJning “Shams Navoiy” dorixonasi faoliyatini oʻrgandilar.

Oʻrganish davomida dorixonada dori vositalari va tibbiy buyumlarning saqlanish sharoitlari, yaroqlilik muddatlariga rioya etilishi, narxlarning amaldagi tartib asosida shakllantirilishi hamda aholiga farmatsevtika xizmatlari koʻrsatish sifati koʻzdan kechirildi.

Shuningdek, dorixonada sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, dori vositalarini saqlash uchun yaratilgan sharoitlar, zarur hujjatlarning mavjudligi hamda faoliyatning amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi oʻrganildi.

Oʻrganish yakunlari boʻyicha aniqlangan holatlar yuzasidan masʼullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi. Mazkur monitoring tadbiri aholiga sifatli farmatsevtika xizmatlari koʻrsatilishini taʼminlash, dori vositalarining sifati va xavfsizligi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4