35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Sadirov tumanning “Baymurzayev” mahallasiga biriktirilgan ijtimoiy xodim A.Madraximova faoliyati o‘rganildi.

🔺O‘rganish jarayonida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini aniqlash, ularning ijtimoiy xizmatlardan foydalanishini ta’minlash, kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalar bilan manzilli ishlash, nogironligi bo‘lgan shaxslar, keksa yoshdagilar hamda og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, “Yagona milliy ijtimoiy himoya” tizimi orqali murojaatlarni ko‘rib chiqish, ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlash jarayonlari, ehtiyojmand oilalarning turmush sharoitini o‘rganish hamda ularni ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olish holati ko‘zdan kechirildi.

🔺Mahallada davlat ta’minotidagi 12 ta oila, kambag‘allik chegarasidagi 2 ta oilalar muammo va ehtiyojlarini aniqlash va ularning muammolarini hal etish bo‘yicha olib borilayotgan manzilli ishlar deputat tomonidan tahlil qilindi. Aholi murojaatiga o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va masalaga yechim topish yuzasidan ijtimoiy xodimga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 1