35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” loyihasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan tuman deputatlari M.Mirabdullayev, E.Shokirov, viloyat deputati G.Abdullayeva, kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan hokim yordamchisi Sh.Xudayberganova ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-oktyabrdagi PQ-298-son qaroriga asosan tumanning “Fazogir” mahallasida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

🔺Hokim yordamchisi tomonidan “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” loyihasining asosiy maqsadi mahallalarni har tomonlama obod, infratuzilmasi rivojlangan, ekologik toza va aholi yashashi uchun barcha qulayliklarga ega hududlarga aylantirishdan iboratligi, shuningdek, loyiha doirasida 2 km uzunlikdagi piyoda va veloyo‘laklar qurish, 10 ta savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish va bolalar va sport maydonchalarini barpo etish rejalashtirilganligi ma’lum qilindi.

🔺Deputatlar aholi vakillari bilan uchrashib, hududni rivojlantirish bo‘yicha belgilangan ishlar yuzasidan fikr almashdilar. Mahalladagi qurilish va obodonlashtirish ishlarining sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda aholi uchun yaratilayotgan qulayliklar deputat nazoratiga olinishi belgilandi.

Slide 1 of 3