35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
Kengash sessiyasida qabul qilingan qaror ijrosi ta'minlanmoqda!
 Kengash sessiyasida qabul qilingan qaror ijrosi ta'minlanmoqda!

🇺🇿 Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining
23-iyun kuni bo‘lib o‘tgan 30- sessiyasida qabul qilingan III-30-61-14-197-K/26-sonli Qaror ijrosini ta'minlash hamda ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida navbatdagi amaliy ishlar amalga oshirildi.

Olmazor tumani "Chilto‘g‘on" mahalla fuqarolar yig‘ini "Usta Olim" ko‘chasida o‘rganishlar davomida elektr energiyasi ta'minotidagi uzilishlar sababli qiyinchiliklarga duch kelayotgan fuqaro xonadoni holati atroflicha ko‘rib chiqildi. Mazkur muammoni bartaraf etish, ayniqsa, xonadonda yashovchi farzandning salomatligini muhofaza qilish va zarur elektr jihozlarining uzluksiz ishlashini ta'minlash maqsadida xonadonga zamonaviy quyosh paneli o‘rnatildi.

Ushbu amaliy yordam nafaqat xonadonning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qoplash, balki muqobil energiya manbalaridan samarali foydalanish, oilaning turmush sharoitini yaxshilash va ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga xizmat qiladi. Mazkur ishlar jarayonida Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi, mahalladagi ijtimoiy xodim hamda quyosh panelini o‘rnatishga mas'ul mutaxassislar ishtirok etib, o‘rnatish ishlari belgilangan tartibda va sifatli amalga oshirildi.

Ko‘rsatilgan e'tibor va amaliy yordamdan fuqaro chuqur mamnun bo‘lib, o‘z minnatdorligini bildirdi hamda ushbu ezgu tashabbuslarni amalga oshirishda hissa qo‘shgan barcha mas'ullarga samimiy duolar qildi.

✅ Sessiya qarorlari ijrosini ta'minlash, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish va aholining hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettiriladi.

⚡️Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring⚡️
Slide 1 of 8