35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
Ijtimoiy soha obyektlaridagi qurilish-montaj ishlari o‘rganildi

️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 14-Nurafshon saylov okrugidan saylangan deputat N.Murodov viloyat ishchi guruhi a’zolari bilan birgalikda tumanda davlat dasturlari doirasida barpo etilayotgan ijtimoiy soha obyektlarida amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlarining borishi bilan tanishdi.
✔️O‘rganishlar davomida ta’lim, sog‘liqni saqlash hamda boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlarda olib borilayotgan qurilish ishlarining sifati, belgilangan muddatlarga rioya qilinishi, qurilish materiallarining talab darajasida qo‘llanilishi va obyektlarni o‘z vaqtida foydalanishga topshirish masalalari muhokama qilindi.
✔️Shuningdek, qurilish jarayonida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, qurilish ishlari sifatini yanada oshirish hamda mas’ul tashkilotlar tomonidan doimiy nazoratni kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
✔️N.Murodov ijtimoiy soha obyektlarining sifatli va o‘z vaqtida barpo etilishi aholiga munosib shart-sharoit yaratish, ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish hamda hudud infratuzilmasini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
✔️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari yuzasidan deputatlik nazorati izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 5