35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
Tuman maslahat-diagnostika bo‘limining ftiziopulmonologiya xizmati faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi raisi Z.Suyarova hamda tuman Kengashi deputati G.Husanova tomonidan tuman Sog‘liqni saqlash bo‘limi maslahat-diagnostika bo‘limi tarkibidagi ftiziopulmonologiya xizmati faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

🔘Mazkur o‘rganish Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan tuman Sog‘liqni saqlash bo‘limi boshlig‘ining hisobotini har tomonlama va xolisona ko‘rib chiqishga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tashkil etildi.

🔘O‘rganish davomida ftiziopulmonologiya xizmatida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, bemorlarni qabul qilish va tashxislash jarayoni, sil kasalligini erta aniqlash, davolash hamda dispanser nazoratini tashkil etish ishlari, zamonaviy tibbiy asbob-uskunalardan foydalanish holati, dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta'minlanganlik darajasi, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda tibbiy hujjatlarning yuritilishi atroflicha o‘rganildi.

🔘Shuningdek, mas'ul mutaxassislarning axborotlari tinglanib, aholiga ko‘rsatilayotgan ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda tizim faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.

✅️O‘rganish yakunlari umumlashtirilib, Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida tuman Sog‘liqni saqlash bo‘limi boshlig‘ining hisoboti muhokamasi jarayonida inobatga olinadi.

Slide 1 of 5