35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov, 24-Charog‘on saylov okrugi deputati N.Xasanova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi N.Akbarova tomonidan Toshloqtepa mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi vakillari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Mazkur uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining KQ–35–V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosini ta’minlash, aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish va deputatlik nazoratini samarali tashkil etish maqsadida tashkil etildi.

Uchrashuv davomida mahalla yettiligi vakillari bilan hududdagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, fuqarolarni qiynayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, aholi bilan bevosita muloqot o‘tkazilib, fuqarolarning murojaat, taklif va mulohazalari tinglandi.

Bildirilgan murojaatlar belgilangan tartibda ro‘yxatga olinib, ularni hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish hamda ijrosini deputatlik nazoratiga olish belgilandi.

Uchrashuv davomida fuqarolar bilan ochiq muloqotni yanada kuchaytirish va murojaatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Shu maqsadda mahallaning ko‘rinarli hududlariga deputatga QR-kod orqali murojaat yuborish imkoniyati, shuningdek, deputatning fuqarolarni qabul qilish kunlari va vaqtlari ko‘rsatilgan axborot e’lonlari joylashtirildi. Mazkur tizim fuqarolarga deputat bilan tezkor bog‘lanish, o‘z murojaat va takliflarini qulay tarzda yo‘llash hamda ularning ko‘rib chiqilishi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 6