35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
Sog‘liqni saqlash bo‘limining ichki dorixona faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi raisi Z.Suyarova hamda tuman Kengashi deputati G.Husanova tomonidan tuman Sog‘liqni saqlash bo‘limining ichki dorixona bo‘limida saqlanayotgan dori vositalari va tibbiy buyumlarning holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

🔘Mazkur o‘rganish Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan tuman Sog‘liqni saqlash bo‘limi boshlig‘ining hisobotini har tomonlama va xolisona ko‘rib chiqishga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida amalga oshirildi.

🔘O‘rganish davomida ichki dorixonada dori vositalarining saqlanish sharoitlari, ularning amaldagi sanitariya-gigiyena talablari hamda belgilangan me'yorlarga muvofiqligi, yaroqlilik muddatlari, hisobini yuritish tartibi, zaxira dori vositalarining mavjudligi, tibbiyot muassasalariga yetkazib berish jarayonlari va hujjatlarning yuritilishi atroflicha tahlil qilindi.
Shuningdek, mas'ul mutaxassislarning axborotlari tinglanib, dori vositalaridan oqilona foydalanish, ularni saqlash va tarqatish tizimini yanada takomillashtirish, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta'minlash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

🔘Mazkur o‘rganish natijalari umumlashtirilib, Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida tuman Sog‘liqni saqlash bo‘limi boshlig‘ining hisoboti muhokamasi jarayonida inobatga olinadi.

Slide 1 of 4