35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI

 HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati D.Sodiqova, tuman Kengashi
kotibiyati bosh mutaxassisi A.Fozilov hamda Kengash huzuridagi Yoshlar
maslahat guruhi a’zosi J.Abdurashidov tomonidan Toshhovuz mahalla
fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisining faoliyati joyiga chiqqan holda
o‘rganildi.


O‘rganish davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni
qisqartirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, aholining ijtimoiy
muhofazasini kuchaytirish hamda murojaatlar bilan ishlash yo‘nalishlarida
amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.


Shuningdek, hokim yordamchisi tomonidan aholi bilan olib borilayotgan manzilli
ishlar, oilalarning daromadini oshirish, ishsiz fuqarolarni doimiy ish bilan
ta’minlash va o‘zini o‘zi band qilish choralari yuzasidan amalga oshirilayotgan
tadbirlar muhokama qilindi.


O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud
imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda mahallada ijtimoiy-iqtisodiy
ko‘rsatkichlarni yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar
berildi. Belgilangan vazifalar “Deputatning ko‘cha aylanish daftari”ga qayd
etilib, ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.
  

Slide 1 of 5