35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi

 🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O'zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidan saylangan "13-Uchtepa" saylov okrugi deputati Karimov Jamshid Fatxullayevich tomonidan Uchtepa tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikasiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i N.Ismatovga deputatlik so'rovi chiqarildi.

⚠️ Uchtepa tumani “13-Uchtepa” saylov okrugi hududidagi Yu.Sakkokiy mahallasini o‘rganish jarayonida fuqarolar tomonidan Yu.Sakkokiy ko‘chasidagi 71-, 119-, 127- va 137-sonli xonadonlar ro‘parasida elektr tarmoqlariga tegishli havo elektr uzatish simlariga daraxt shoxlari tegib turganligi, bu esa kuchli shamol va yog‘ingarchilik vaqtida qisqa tutashuvlar hamda avariya holatlari yuzaga kelish xavfini keltirib chiqarayotganligi yuzasidan murojaat bildirilgan.

📝 Fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, elektr ta’minotida uzilishlarning oldini olish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarni bartaraf etish maqsadida mazkur hududdagi daraxtlarni maxsus texnika yordamida belgilangan tartibda butash yuzasidan amaliy choralar ko‘rishingizni hamda ko‘rilgan choralar natijalari haqida qonunchilikda belgilangan muddatda yozma ravishda asosli javob yuborish so'ralmoqda.

🗣 Deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala yuzasidan o‘rganish natijalari hamda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha 10 kun muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish talabi qo‘yilgan. Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olingan.

Slide 1 of 1