35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

Fuqarolar murojaatlari asosida Chorx Kamolon-2 mahallasidagi 3 va 4-sonli ko‘p qavatli uylar oralig‘ida joylashgan bolalar o‘yingohi holati Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Mahmudova Donoxon Artikovna tomonidan joyiga chiqib batafsil o‘rganildi.

O‘rganish davomida bolalar o‘yingohi uzoq yillar davomida mukammal ta’mirlanmagani, o‘yin uskunalarining eskirgani, ayrim qurilmalarning nosoz holatga kelgani hamda sport maydonchasi, o‘rindiqlar, yo‘laklar va boshqa obodonlashtirish elementlari ta’mirtalab holatda ekani aniqlandi. Mazkur holat bolalar va yoshlarning xavfsiz dam olishi hamda sport bilan shug‘ullanishi uchun noqulay sharoitlarni yuzaga keltirmoqda.

Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Mahmudova Donoxon Artikovna tomonidan Chilonzor tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Xamrayev Kamol Kazimovich nomiga deputat so‘rovi yuborildi.

Deputat so‘rovida:

bolalar o‘yingohining texnik holatini mutasaddi tashkilotlar ishtirokida qayta o‘rganish;

hududni rekonstruksiya qilish va zamonaviy, xavfsiz o‘yin uskunalari bilan jihozlash;

sport maydonchasi, yoritish tizimi hamda hudud infratuzilmasini ta’mirlash va obodonlashtirish;

amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan qonunchilikda belgilangan muddatlarda asoslantirilgan yozma javob taqdim etish so‘ralgan.

Slide 1 of 4