35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U. Achilov To‘rttol mahallasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida tezlikni o‘lchovchi avtomatlashtirilgan kamera o‘rnatish masalasini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U. Achilov To‘rttol mahallasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida tezlikni o‘lchovchi avtomatlashtirilgan kamera o‘rnatish masalasini joyiga chiqqan holda o‘rgandi. O‘rganish jarayonida mahalla hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘llaridagi transport vositalarining harakat tezligi, piyodalar xavfsizligi hamda aholi murojaatlari tahlil qilindi. Shuningdek, ta’lim muassasalari, ijtimoiy ob’ektlar va aholi gavjum hududlar yaqinida harakat xavfsizligini kuchaytirish zaruratiga alohida e’tibor qaratildi. Deputat mahalla faollari va mas’ullar bilan muloqot davomida tezlikni o‘lchovchi kameralarni o‘rnatish haydovchilar tomonidan belgilangan tezlik me’yorlariga rioya etilishini ta’minlash, yo‘l harakati intizomini mustahkamlash hamda fuqarolar, ayniqsa bolalar va keksalar xavfsizligini yanada oshirishga xizmat qilishini ta’kidladi. O‘rganish yakuni bo‘yicha aniqlangan holatlar asosida tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda masalani atroflicha ko‘rib chiqish, texnik xulosalar tayyorlash hamda amaldagi tartiblarga muvofiq tezlikni o‘lchovchi
kamera o‘rnatish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqilishi belgilandi.
 

Slide 1 of 2