35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi

Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan ichimlik suvi va issiq suv ta’minoti holati, xususan, energiyani tejovchi texnologiyalardan foydalanish hamda energiya samaradorligini oshirish masalalarini o‘rganish maqsadida tuman hokimligining Qurilish bo‘limiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida hududlarda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish hamda amalga oshirilayotgan qurilish va rekonstruksiya ishlari yuzasidan mavjud holat bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, "Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (O‘RQ–784-son, 2022-yil 22-iyul) ijrosi yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida qonun talablarining amaliy ijrosi, amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar o‘rganildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, qonun ijrosini samarali ta’minlash, ichimlik suvi ta’minoti sifatini yanada yaxshilash hamda energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan ishlarni jadallashtirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2