35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi: hamkorlikdagi ishlar tahlil qilindi

Shu munosabat bilan bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normurodova, Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda Kengash kotibiyati xodimi A.Temirov Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Termiz shahar bo‘linmasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

O‘rganish davomida muassasa tomonidan 2026 yilning birinchi yarim yilligida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida milliy qadriyatlar, kitobxonlik madaniyati, huquqiy ong, oilaviy qadriyatlar va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratilgan amaliy ishlar tahlil qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 6 oyi davomida 129 ta ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etilgan bo‘lib, ular doirasida festivallar, ijodiy kechalar, kitobxonlik aksiyalari, profilaktik suhbatlar, ma’rifat soatlari va ko‘rik-tanlovlar o‘tkazilgan. Ushbu tadbirlarda 23 254 nafar aholining turli qatlam vakillari ishtirok etgan.

Tadbirlar mahallalar, ta’lim muassasalari, davlat tashkilotlari, harbiy qismlar, kutubxonalar va boshqa hamkor tashkilotlar bilan o‘zaro hamjihatlik asosida amalga oshirilgani qayd etildi.

O‘rganish yakunida deputatlarga biriktirilgan tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni aholi ehtiyojidan kelib chiqqan holda tashkil etish hamda joylardagi mavjud muammolarni birgalikda hal etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Deputatlarning biriktirilgan tashkilotlar bilan doimiy hamkorligi hududlardagi ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash, aholi murojaatlarini manzilli hal etish hamda davlat va jamoat tashkilotlari o‘rtasida samarali hamkorlikni ta’minlashga xizmat qilmoqda.